Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Homilador kelinoyisini pichoqlagan yigitga qanday jazo tayinlandi?

Homilador kelinoyisini pichoqlagan yigitga qanday jazo tayinlandi?

12 fevral kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi binosida homilador kelinoyisini pichoqlagan 21 yoshli yigitga sud hukmi o‘qildi. Unga JKning bir qator moddalari bilan 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi, deb xabar bermoqda Xotin-qizlar qo‘mitasi matbuot xizmati.

Xotin-qizlar qo‘mitasi o‘z tashabbusi bilan ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama bo‘lgan qayni ukasi tomonidan 16 marta pichoq urilgan homilador ayolning sud jarayonida jamoatchi himoyachi sifatida ishtirok etayotgani haqida avval xabar bergandi.

Yuz bergan hodisa oqibatlari mudhish tugashi mumkin edi, biroq besh soatlik jarrohlik amaliyoti ayolni hayotga qaytardi, mo‘’jiza bilan ona ham homila ham saqlab qolingan. Shu kunlarda ayol farzandini dunyoga keltiradi , deyiladi xabarda.

Kiritildi: 18:05 12.02.2019. O'qildi: 2320 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!