Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Hokimliklar tomonidan banklarga bo‘lar-bo‘lmas topshiriqlar beriladi(mi?)

Hokimliklar tomonidan banklarga bo‘lar-bo‘lmas topshiriqlar beriladi(mi?)

Samarqand viloyatida hokimliklar tomonidan banklarga bo‘lar-bo‘lmas topshiriqlar berib kelinayotgani bo‘yicha juda ko‘p shikoyatlar keladi.

Obunadan tortib, teatrga bilet sotib olishgacha, ko‘cha (trassa) tozalatishdan, to futbolga homiylikkacha...

Bunisi juda ham o‘tib tushdi, to‘g‘risi! Samarqand viloyati hokimiyati qolib, endi shahar hokimiyati banklarni “yuklatilgan vazifani bajarmadi” deb arzu dodini shahar prokuroriga yozibdi.

Nima emish: “berilayotgan topshiriqlarga mas’uliyatsizlik bilan yondashayotgan mas’ul rahbarlarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda chora ko‘rishingizni so‘raymiz”.

Birinchidan, xatda ko‘tarilgan vazifani banklarga yuklatganingizdan qoyilman.

Ikkinchidan, biz banklarni chet ellik investorlarga sotamiz deb turgan paytda, hokimlar va ularning o‘rinbosarlari bo‘lgan, bo‘lmagan topshiriqlaringiz bilan chalg‘itmoqdasiz.

Uchinchidan, banklar sizning shaxsiy kassiringiz emas, to‘g‘ri kelgan vazifani ularga yuklaydigan.

To‘rtinchidan, bank bu tijorat tashkiloti, homiylik yoki birovning qolib ketgan ishini qiladigan muassasa emas.

Sal og‘irroq bo‘ling. Banklarni o‘z holiga qo‘ying. Bugun bank faoliyatiga teskari ishlarga majburlab, ertaga yana hamma aybni banklarning o‘ziga ag‘darib yurmang!

Manba: zarnews.uz

Kiritildi: 06:00 21.02.2020. O'qildi: 1428 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!