Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Hokimlarga tadbirkorlarni bezovta qilish taqiqlandi

Hokimlarga tadbirkorlarni bezovta qilish taqiqlandi

Hokimlarga tadbirkorlarni o‘zlarining asosiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlar va tadbirlarga jalb etish taqiqlandi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 14 avgustda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan farmonni imzoladi.

Hujjatda aytilishicha, mansabdor shaxslar davlat himoyasida bo‘lgan xususiy mulkning daxlsiz ekanligini, har qanday vaj bilan xususiy mulkni olib qo‘yish, asosli zaruratsiz mulkni buzib yuborish g‘ayri huquqiyligini anglab yetmayapti hamda yer uchastkalarini ajratishda o‘zboshimchaliklarga yo‘l qo‘ymoqda, bu esa mulkdorlarning konstitusiyaviy huquqlarini himoyalash kafolatlarini kuchaytirish va bunday huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘yganligi uchun ushbu mas’ul shaxslarning javobgarligini oshirishni taqozo etmoqda.

Endi Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimliklariga quyidagilar taqiqlanadi:

  • tadbirkorlik sub’ektlarini o‘zlarining asosiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga, shu jumladan, homiylik va xayriya yordami ko‘rsatish ishlariga, hududlarni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini olib borish, temir-tersak va makulatura yig‘ish hamda boshqa ishlarga majburiy jalb qilish;
  • tadbirkorlarni har qanday shaklda qishloq xo‘jaligidagi mavsumiy ishlarga (ekish va yig‘ib olish ishlariga) va mehnat resurslari, pul mablag‘lari va boshqa moddiy boyliklarni yo‘naltirish bilan bog‘liq boshqa tadbirlarga jalb qilish;
  • tadbirkorlar ishtirokida majburiy tartibda, shu jumladan, ularga nisbatan ma’muriy va boshqa choralarni qo‘llash tahdidi ostida yig‘ilishlar va boshqa tadbirlarni o‘tkazish.

 

Kiritildi: 10:58 14.08.2019. O'qildi: 2022 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!