Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Hokim: "Ming afsuski hali ham ota-onalardan maktab uchun pul yig‘ishlar bor"

Hokim: "Ming afsuski hali ham ota-onalardan maktab uchun pul yig‘ishlar bor"

Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov joriy yilning 22 avgust kuni viloyat Xalq ta’limi xodimlarining an’anaviy avgust anjumani yalpi yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilishda viloyat hokimi hozirda maktablarda yolg‘onchilik va ko‘zbo‘yamachilik juda avj olganini, maktab direktorlari davlat tashkilotlaridan maktab uchun ajratilgan byudjet pullarini talab qila olmasligini aytib o‘tdi.

Yig‘ilish davomida Erkinjon Turdimov viloyat maktablarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari qoniqarli emasligini, buning uchun ma’sul bo‘lgan mutasaddilarning parvoyi falak ekanligini aytdi, deya ma’lum qildi “To‘g‘ri.uz“.

“Moliya bo‘limlaridan juda qattiq talab qilish kerak, ular maktabni qishga tayyorlab berishi lozim. Ming afsuski hali ham ota-onalardan maktab uchun pul yig‘ishlar bor. O‘qituvchilarni ko‘chaga olib chiqib ishlatish bor. Bu bilan hokimga yaxshi ko‘rinmaysizlar“ deydi Turdimov anjumanda.

Samarqand viloyati hokimi anjuman davomida maktablardagi kompyuterlarning o‘quvchilar tomonidan ishlatilmayotgani aytib, kompyuterlar ishlatilishi, buzilishi lozimligini aytadi.

“Maktablardagi kompyuterlar buzilishi kerak, chiroyli xonalarda tekshiruv kelganda ishlatilmasdan. Bolalar foydalanishi kerak, lozim!“deydi Turdimov.

Kiritildi: 13:24 23.08.2019. O'qildi: 1514 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!