Hizbulloh Hayfa va uning chekka hududlariga 105 ta raketa uchirdi. Bu urush boshlanganidan beri eng katta zarbadir.
"Raketa parchalari Hayfa chekkasidagi Kiryat-Yamda joylashgan turar-joy binosi ustiga tushdi", deb yozadi “Ediot Axronot” nashri. Tibbiy xizmat hodimlari 70 yoshli ayol yaralanganini xabar qilishdi. Polisiyaning ma’lum qilishicha, raketa parchalari yaqin atrofdagi Kiryat-Moskinga ham tushgan.
Isroil mudofaa kuchlari Livan hududidan 105 marta raketa uchirilganini qayd etdi. "Raketalarning aksariyati tutib olindi", deydi Isroil harbiylari. Hujum SAXAL Bayrutdagi Hizbulloh nishonlarini o‘qqa tutganidan keyin sodir bo‘lgani aytilmoqda.