Bugun 30 sentyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Hizbulloh boshiga Nasrullohning o‘rniga kim keladi?

 Hizbulloh boshiga Nasrullohning o‘rniga kim keladi?

«Hizbulloh» yetakchisi Hasan Nasrullohning Isroil havo hujumi natijasida Bayrut chekkasida o‘lganini tasdiqlaganidan so‘ng, ekspertlar e’tibori uning ehtimoliy vorisi Hoshem Safiddinga qaratildi.

Nasrullohning amakivachchasi Safiddin hozirda Hizbulloh ijroiya kengashini boshqaradi. 1964 yilda Livan janubida tug‘ilgan, 1982 yilda tashkil etilganidan beri tashkilot a’zosi.

1980 yillarda Safiddin Nasrulloh bilan Eronda tahsil olgan. U 1994 yilda guruhning siyosiy ishlarini nazorat qilish uchun Bayrutga qaytib kelganidan beri voris roliga tayyorlanayotgan edi.

Safiddin o‘zining otashin nutqlari va Isroilga nisbatan keskin pozisiyasi bilan mashhur. Yaqinda qilgan nutqlaridan birida u shunday dedi:

«Agar bugungidek burchimiz [Livanning] janubida bo‘lib, bu dushmanga qarshi kurashib, shahidlarimizni qurbon qilish bo‘lsa, 2006 yilda bo‘lganidek, Alloh bizga g‘alaba nasib etishiga ishongan holda hamma narsani qurbon qilishga tayyormiz. ».

Hizbullohning yangi salohiyatli rahbari Eron bilan yaqin aloqaga ega. Uning o‘g‘li Eron Quds kuchlarining sobiq qo‘mondoni Qosim Sulaymoniyning qiziga uylangan.

2017 yilda Qo‘shma Shtatlar Safiddinni terrorizm ro‘yxatiga kiritgan.

Kiritildi: 19:10 29.09.2024. O'qildi: 623 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!