✅ Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasining Toshkent shahar bo‘limi tomonidan poytaxtdagi savdo nuqtalarida sotilayotgan Xitoyda ishlab chiqarilgan “Aux” hamda “Hisense” rusumli kondisionerlarga nisbatan nazorat xaridi o‘tkazildi.
🔵 Tekshiruv natijalariga ko‘ra, “Aux” kondisionerlari “Texnik vositalarning elektromagnit mosligi to‘g‘risida”gi texnik reglament talablariga mos kelmasligi aniqlandi.
📰 Shuningdek, “Hisense” rusumli kondisionerlar ham belgilangan standartlarga to‘liq javob bermasligi ma’lum bo‘ldi. Xususan, qurilmaning iste’mol qilinadigan nominal quvvati belgilangan me’yorlardan yuqori ekani qayd etildi.
📌 Ushbu holatlar mazkur mahsulotlarning amaldagi texnik va xavfsizlik talablariga to‘liq mos emasligini ko‘rsatadi.
📣 Fuqarolardan maishiy texnika xarid qilishda mahsulotning muvofiqlik sertifikati hamda texnik hujjatlariga alohida e’tibor qaratsh so‘raladi. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli choralar ko‘rilmoqda.