Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Hindistonlik shifokorlar bemordan 7, 4 kilogramm buyrakni olib tashlashdi

Hindistonlik shifokorlar bemordan 7, 4 kilogramm  buyrakni olib tashlashdi

O‘tgan oyda Hindistonlik jarrohlar 56 yoshli bemor tanasidan bovling to‘pi bilan bir xil og‘irlikdagi buyrakni olib tashladi. 7,4 kilogramm tosh bosgan buyrak inson tanasidan olib tashlangan eng og‘ir a’zolaridan biri bo‘ldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bemor tanasida genetik kasallik bo‘lgan. Shuning uchun buyrak kattalashib uning hayotiga xavf solayotgan edi.

“Bu juda katta  buyrak qorinning yarmini egallagan edi.  Biz uning katta ekanligini bilardik,  ammo bunday og‘ir bo‘lishini hech o‘ylamaganmiz”,  dedi jarrohlik guruhining a’zosi Sachin Kathuria. Uning aytishicha, olib tashlangan gigant buyrakning uzunligi deyarli 45 santimetr edi.

Ma’lumot uchun, odam organizmidagi buyrakning o‘rtacha og‘irligi 120 dan 150 grammgacha va uzunligi 12 santimetr bo‘ladi.

2017 yilda  Dubayda o‘tkazilgan operasiyada odam ta’nasidan olib tashlangan eng katta buyrak 4,25 kg tosh bosgan va bu Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan edi.

Kiritildi: 22:01 30.11.2019. O'qildi: 2294 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!