Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Hindistonlik erkak yuragining «toshga aylanishi» sabab vafot etdi

Hindistonlik erkak yuragining «toshga aylanishi» sabab vafot etdi

Hindistonning Goa shtatida uysiz odam yuragining «toshga aylanishi» sabab vafot etdi. 

Bu haqda "The Mirror" nashri xabar bermoqda. 

Hali kimligi aniqlanmagan 50 yoshli erkakning tanasi mahalliy bog‘dan topilgan. 

Shifokorlar, uning o‘lim sababini aniqlash uchun ekspertiza o‘tkazganlarida, yuragining juda qattiq va og‘irlashganini aniqlashgan. 

Dastlabki taxminlarga ko‘ra, noma’lum erkak endomiokardial fibrozdan aziyat chekkan.

Doktor Bxarat Shrikumarning so‘zlariga ko‘ra, erkakning yuragi haqiqatda toshga aylangan bo‘lib, bu juda kam uchraydigan kasallikdir. 

Ayni paytda mahalliy huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari marhumning shaxsini aniqlashga urinishmoqda.

Kiritildi: 22:48 19.02.2021. O'qildi: 3144 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!