Bugun 17 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Hindistondagi aviahalokatda omon qolgan yagona yo‘lovchi hikoyasi

Hindistondagi aviahalokatda omon qolgan yagona yo‘lovchi hikoyasi

Hindistondagi aviahalokatda omon qolgan yagona shaxs – 40 yoshli Vishvas Kumar Ramesh fojia haqida so‘zlab berdi.

– Hammasi uchoq havoga ko‘tarilgandan bir daqiqa o‘tib sodir bo‘ldi. Dastlab, to‘satdan nimaningdir qattiq urilgani eshitildi. Samolyotda yashil va oq chiroqlar yondi. Taxminimcha, bu havo kemasini barqarorlashtirishga urinish yoki favqulodda vaziyat rejimi yoqilishi edi. Keyin, negadir tushunmadim, samolyot uchishni tezlatdi va yerga sho‘ng‘idi.

Ramesh avval omon qolishiga ishonmagan. Samolyot qulab tushgach, o‘ziga kelib, salonni tark etishga uringan.

– Xavfsizlik kamarini yechib, chiqish yo‘lini qidira boshladim va topdim, – deya qo‘shimcha qildi u. – So‘ngra chiqishga muvaffaq bo‘ldim. Ko‘z oldimda styuardessa va boshqalarning jonsiz jasadi yotardi.

Hozir Rameshning ahvoli barqaror, deb yozgan “RIA Novosti”.

Kiritildi: 15:27 15.06.2025. O'qildi: 1607 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!