Hindiston hukumatining ta’kidlashicha, davlatning janubiy-g‘arbiy qismi (Kerala)da 9 kishi allaqachon hozirgi vaqtda eng xavfli deya ataladigan dahshatli Nipah virusiga chalindi. Samarali vaksinalarning yetishmasligi sababli infeksiyaga chalinganlarning taxminan 70 foizi halok bo‘lishi mumkin.
Barcha bemorlardan analiz olindi. Uch holatda kasallik tasdiqlandi, qolgan 6 namuna hali ham tahlil qilinmoqda. Bundan tashqari, kasallik belgilariga ega bo‘lgan yigirma beshta bemorlar nazorat ostida. Ayni damda ular Kojikod kasalxonasida, deya xabar beradi “New Delhi Television Limited”.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti xavf darajasiga qarab bir marta kasalliklar ro‘yxatini tuzgan edi. Hozir esa Nipah virusi birinchi o‘ntalikka kirdi. Kasallik aqlbovar qilmaydigan darajada tezlik bilan keng tarqalmoqda.
Tabiatda bu virusni uchar tulkilar (ko‘rshapalaklarga o‘xshash mavjudotlar) faol ravishda yoyishmoqda.
Infeksiyaning dastlabki namoyon bo‘lishi 1999 yili Malayziya va Singapurning bir necha fermerlari jiddiy kasal bo‘lib qolgan paytda aniqlangan edi. O‘shanda ushbu epidemiya yuz nafar odamni o‘ldirgandi.