Bugun 8 fevral, 2026 yil, yakshanba

КИР

Hindistonda kondagi portlashda halok bo‘lganlar soni 27 nafarga yetdi

Hindistonda kondagi portlashda halok bo‘lganlar soni 27 nafarga yetdi

Hindistonning shimoli-sharqida joylashgan Megxalaya shtatidagi noqonuniy ko‘mir konida sodir bo‘lgan portlash oqibatida halok bo‘lganlar soni 27 nafarga yetdi. Bu haqda mahalliy polisiya ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, kamida to‘qqiz nafar jabrlangan shifoxonada davolanmoqda. Qutqaruv xizmatlari kon ichida yana odamlar bo‘lishi mumkinligini istisno qilmayapti, qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.

Portlash payshanba kuni Sharqiy Jantiya-Xills tumanining tog‘li hududida joylashgan konda ro‘y bergan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, kon noqonuniy ishlagan va hodisa xavfli “kallamush in” usulida, portlovchi moddalar qo‘llanilgan holda ko‘mir qazib olish jarayonida sodir bo‘lgan.

Mahalliy hokimiyatlar voqea yuzasidan keng qamrovli tekshiruv boshlashni buyurdi.

Kiritildi: 22:25 07.02.2026. O'qildi: 189 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!