Bugun 1 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Hindistonda ilk bor maymun chechagidan bir kishi vafot etdi

 Hindistonda ilk bor maymun chechagidan bir kishi vafot etdi

Hindistonning Keral shtatida ilk bor maymun chechagiga topshirgan testi musbat chiqqan bemorning o‘limi qayd etildi, deya xabar berdi Indian Express.

Hindiston sog‘liqni saqlash vaziri Vina Jorj 22 yoshli yigit 30 iyul kuni Trissurda vafot etganini va u 22 iyul kuni Birlashgan Arab Amirliklaridan kelganini ma’lum qildi.

26 iyul kuni uning isitmasi ko‘tarilib, Trissurdagi shifoxonaga bordi. Keyinchalik u xususiy shifoxonaga o‘tkazildi.

Sog‘liqni saqlash vazirining aytishicha, erkak chet elda bo‘lganida maymun chechagi bilan kasallangan, ammo uning oilasi bu haqda kasalxonaga bemor vafot etgan kuni xabar bergan.

Bemorning o‘limidan so‘ng uning barcha aloqalari kuzatildi. Bemorning o‘tmishda qanday surunkali kasalliklari bo‘lganligi hali ma’lum emas. Voqea sabablari o‘rganilmoqda.

Hozirda Hindistonda maymun chechagi kasalligining to‘rtta, Keralda uchta va Dehlida bittasi tasdiqlangan.

Elatib o‘tamiz, avvalroq Braziliya va Ispaniyada maymun chechagidan 3 kishi vafot etgani haqida xabar bergan edik.

Kiritildi: 05:52 02.08.2022. O'qildi: 1479 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!