Bugun 19 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Hindiston turmasida o‘zbek ayolining jasadi topildi…

A A A
Hindiston turmasida o‘zbek ayolining jasadi topildi…

O‘tgan haftaning juma kuni Hindistonning Bxondsi turmasidan 38 yoshli o‘zbekistonlik Shahnoz ismli ayol jasadi topilgan. Turma Dehlidan taxminan 50 kilometr uzoqlikda joylashgan. «Hindistan times» nashrida yozishlaricha, 10 iyun kuni Gurugram shahridagi «Saxara» savdo markazida polisiyachilar o‘zbekistonlik Shahnoz ismli ayolning hujjatini tekshirib ko‘rishganda, mamlakatda noqonuniy tarzda yashayotgani ma’lum bo‘lgan. Shundan so‘ng Shahnozni tergov izolyatoriga joylashtirishgan.

Hindiston huquqni muhofaza qilish tashkiloti vakillarining guvohlik berishicha, jasadda qiynoq va shu kabi alomatlar ko‘zga tashlanmagan. Polisiyachilar hujjat tekshirish jarayonida ayol ko‘krak qismida kuchli og‘riq mavjudligini bildirgan. Turmaga olib kelingandan keyin og‘riq kuchayganidan shikoyat qilgan. Shuni hisobga olib mutaxassislar Shahnoz yurak xastaligiga chalingan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilishdi. Ammo tekshiruvlar, ekspertiza to‘xtagani yo‘q. Aynan ekspertiza ayolning nimadan o‘lganini aniqlab berishi kerak.

Bu haqda O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasiga ham xabar berilgan. Shahnoz nega va ne maqsadda Hindistonga tashrif buyurgani mavhumligicha qoldi.

Manba: hordiq.uz

Kiritildi: 09:56 20.06.2018. O'qildi: 2409 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik