Hindiston Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Randxir Jaysval BRIKS davlatlari Yaqin Sharqdagi nizo bo‘yicha hozircha yagona pozisiyani ishlab chiqa olmaganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, muhokamalar davom etmoqda.
Bu haqda "RIA Novosti" xabar bermoqda.
«Bizda turlicha fikrlar mavjudligi sababli, hozircha yagona pozisiyani shakllantirishning iloji bo‘lmadi», — dedi Jaysval.
U birlashma ichida konsensus (kelishuv) tamoyili amal qilishini va ba’zi ishtirokchilar nizoga bevosita jalb qilinganini ta’kidladi.