Bugun 19 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Hindiston rohinjalarni deportasiya qilyapti.

A A A
Hindiston rohinjalarni deportasiya qilyapti.

Hindiston Oliy sudi rakxaynlik musulmon rohinjalar deportasiyasini to‘xtatishni rad etdi.

HindustanTimes xabarida aytilishicha, Oliy sud advokat Prashant Bxushanning yetti nafar rohinjani Hindistonda qoldirish haqidagi talabini qabul qilmagan. Hindistonga 2012 yilda noqonuniy yo‘llar bilan kelgan bu rohinjalar Myanmaga deportasiya qilinadi.

Huquq himoyachilari Oliy sudning mazkur qarori xalqaro qonunlarga zid ekanini aytmoqda. Chunki rohinjalarning Myanmada zulmga uchrash ehtimol bor.

Manba: azon.uz

Kiritildi: 08:45 05.10.2018. O'qildi: 1323 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik