Bugun 21 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Hindiston milliy valyutasi qiymati keskin pasaydi

A A A
Hindiston milliy valyutasi qiymati keskin pasaydi

Pokiston bilan siyosiy vaziyat tanglashishi fonida Hindiston milliy valyutasi qiymati keskin pasaydi, deb xabar berdi Bloomberg.

Valyuta kursi 1,1 foizga pasayib, 1 dollar 85,7913 rupiyani tashkil etmoqda, bu 2022 yil fevralidan buyon kuzatilgan eng chuqur qulashdir.

Rupiyaning qadrsizlanishi Pokiston Hindistonning uchuvchisiz qurilmalarini urib tushirgani haqida bayonot berganidan so‘ng kuzatildi. Hindiston javoban Pokistonning havo hujumiga qarshi tizimi yo‘q qilingani to‘g‘rida xabar tarqatdi.

Ikki yadroviy davlat nizosi moliya bozorlarida aks-sado beryapti, mintaqaga sarmoya kiritmoqchi bo‘lganlar rejalarini o‘zgartirishmoqda.

Kiritildi: 23:40 11.05.2025. O'qildi: 924 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!