Bugun 4 iyul, 2024 yil, payshanba

КИР

Hindiston Markaziy Osiyo bilan quruqlik orqali savdo qilmoqchi

Hindiston Markaziy Osiyo bilan quruqlik orqali savdo qilmoqchi

BRIKSning oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha konferensiyasida ishtirok etgan Hindiston parlamenti a’zosi Vikrmajit Singx Sahneyning aytishicha, Hindiston va Markaziy Osiyo o‘rtasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdosi uchun quruqlikdagi yo‘nalishlarni yaratish shoshilinch zarur.

U BRIKSga a’zo mamlakatlarda qishloq xo‘jaligi kooperativlarini yaratish va Hindiston, Afg‘oniston, Qozog‘iston va O‘zbekistonni bog‘laydigan quruqlik yo‘llaridan foydalanishga chaqirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, busiz fermerlar mehnati uchun adolatli haq ololmaydi.

Anjumanda BRIKS mamlakatlari qishloq xo‘jaligi sohasida yanada integrasiya va yaqin hamkorlik qilish tashabbusini qo‘llab-quvvatladi. Rossiyaning don birjasini tashkil etish taklifi ham qo‘llab-quvvatlandi.

Kiritildi: 19:27 30.06.2024. O'qildi: 725 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!