Hindiston ichki ishlar vaziri Amit Shah koronavirusga chalindi. Bu haqda uning o‘zi ma’lum qildi.
55 yoshli Shah tvitterda COVID-19 birinchi alomatlari sezilganidan so‘ng sinovdan o‘tganligini yozdi. "Sog‘ligim yaxshi, ammo men shifokorlar tavsiyasi bilan kasalxonaga yotdim", deya qo‘shimcha qildi u.
Vazir, shuningdek, shunday deb yozgan: "So‘nggi kunlarda men bilan bog‘langan har bir kishidan alohida bo‘lib, sinovdan o‘tishlarini so‘rayman".
Vazir Shah Bosh vazir Narendra Modi bilan oxirgi marta qachon uchrashganligi haqidagi savolga javob berishdan bosh tortdi.