Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Hazorasp va Buxoro tumanlarida noqouniy yer savdosining oldi olindi

Hazorasp va Buxoro tumanlarida noqouniy yer savdosining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Hazorasp tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar O.I. va Q.K. boshqa bir fuqaro I.ning ishonchiga kirib, unga Yangibozor qishlog‘i hududida tuman hokimligi zaxirasida bo‘lgan 6 sotix yer uchastkasini o‘zlariga tegishli ekanligini, ushbu yer maydonini uy-joy qurish uchun sotishlarini aytib, kelishilgan 6 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro F.I. Buxoro tuman hokimligi zaxirasida bo‘lgan “Rabotiqalmoq” MFY hududidagi 10 sotix yer maydonini firibgarlik yo‘li bilan boshqa bir fuqaro S.ga sotishga kelishib, tanishlari orqali ushbu yer maydoni uchun hujjatlarini rasmiylashtirib berishni va’da qilib, 4 900 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 12:16 21.06.2022. O'qildi: 1158 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!