Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish shartmi?

Haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish shartmi?

Haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish shartmi? 

Ha shart. 2020 yil 31 dekabrga qadar eski namunadagi barcha milliy haydovchilik guvohnomalari yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasiga almashtirilishi kerak.

Eski guvohnomada amal qilish muddati ko‘rsatilmagan yoki muddati hali tugamagan bo‘lsa-chi?

Eski namunadagi guvohnoma berilgan sanasidan va amal qilish muddatidan qat’i nazar, ko‘rsatilgan muddatgacha yangisiga almashtirilishi shart.

Qanday hujjatlar talab etiladi?

Fuqarolik pasporti, eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi hamda uning taloni.

Qayerda almashtirish kerak?

Davlat xizmatlari markazlari yoki markazda bunday xizmat mavjud bo‘lmagan hududlarda YHXBning tegishli bo‘linmalarida.

Qancha to‘lov to‘lanadi?

Eski guvohnomani yangisiga almashtirish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 70 foizi 
(hozirda 156 100 so‘m) miqdorida to‘lov undiriladi. 

Qancha muddatga beriladi?

Yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi 10 yil muddatga beriladi.

Eski namunadagi guvohnomalari qachongacha haqiqiy hisoblanadi?

Eski namunadagi haydovchilik guvohnomalari 2021 yil 1 yanvargacha haqiqiy hisoblanadi.

Haydovchilik guvohnomasi belgilangan muddatda almashtirilmasa, nima bo‘ladi?

Eski guvohnoma bilan avtotransport vositasini boshqargan shaxslarga nisbatan ma’muriy javobgarlik chorasi qo‘llaniladi. 

Yangi guvohnoma shaxsini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadimi?

Ha. Yangi namunadagi guvohnomaga egasining shaxsini tasdiqlovchi rasmiy davlat hujjati maqomi berilgan.

Kiritildi: 16:06 01.12.2019. O'qildi: 4299 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!