Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Haydovchi mashinada yolg‘iz bo‘lganida tibbiy niqob taqmasligi mumkin — Toshkent shahar IIBB

Haydovchi mashinada yolg‘iz bo‘lganida tibbiy niqob taqmasligi mumkin —  Toshkent shahar IIBB

Avtotransport vositasini boshqarib ketayotgan yolg‘iz haydovchi harakat davomida tibbiy niqobsiz yurishi mumkin. Bu haqda Kun.uz muxbiri Toshkent shahar IIBB axborot xizmatiga tayangan holda xabar bermoqda. 

Ta’kidlanishicha, bunday vaziyatda avtotransport vositasida haydovchidan boshqa hech kim bo‘lmasligi lozim. Shuningdek, u harakatni to‘xtatgan payti tibbiy niqobni taqishi lozim. 

O‘zbekiston hukumati maxsus komissiyasi o‘rnatgan tartib bilan jamoat joyida himoya niqobisiz bo‘lish ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi. Ushbu holat avtomobil boshqaruvidagi haydovchilarga nisbatan ham tatbiq etilayotgandi. 

Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohrux G‘iyosovning aytishicha, avtomobildagi yo‘lovchi va haydovchilarning ham jarimaga tortilishiga aholining karantin tartibiga bepisand munosabatda bo‘layotgani sabab bo‘lgandi.

 

Kiritildi: 16:36 06.06.2020. O'qildi: 3383 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!