Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Hasanboy Do‘smatov professional boksdagi faoliyatini muvaffaqiyatli boshladi

Hasanboy Do‘smatov professional boksdagi faoliyatini muvaffaqiyatli boshladi

Professional boksning birinchi o‘ta yengil (-48,99 kg) vazn toifasida meksikalik Xesus Servantes Vilyanuevaga (9-8, 5 KO) qarshi debyut jangini o‘tkazgan 2016 yilgi Rio olimpiadasi chempioni Hasanboy Do‘smatov (1-0, 1 KO) muddatidan oldin g‘alaba qozondi.

Meksikada bo‘lib o‘tgan boks oqshomi doirasida ringga chiqqan Do‘smatov 6 raundga mo‘ljallangan jangning ikkinchi raundida kuchli zarba bilan mezbon bokschini polga qulatdi va hakam jangni to‘xtatdi.

Hasanboy Do‘smatov professional ringga o‘tishi haqida xabarlar shu yilning iyulida tarqalgandi. U boshqa ko‘plab o‘zbekistonlik bokschilar qatori «Mir boksa» promouterlik kompaniyasi (Shahram G‘iyosov, Murodjon Ahmadaliyev, Isroil Madrimov va Bektemir Meliqo‘ziyev) bilan kelishuv tuzgan.

Avvaliga u 30 noyabr kuni Monakodagi boks oqshomida debyut qilishi xabar qilingandi, keyinroq u 10 noyabr kuni Xitoyning Fujou shahrida bo‘lib o‘tadigan boks oqshomida o‘zining debyut jangini o‘tkazishi, unga xitoylik De Bin Ju (3-1-1, 2 KO) raqib bo‘lishi mumkinligi haqida xabar tarqalgandi. 16 noyabr oqshomida ham u meksikalik boshqa bir bokschi David Martinezga (8-3, 1 KO) qarshi ringga ko‘tarilishi kutilgandi, ammo so‘nggi pallada uning raqibi o‘zgardi.

Kiritildi: 11:45 17.11.2019. O'qildi: 1854 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!