MOQ matbuot xizmati ikki karra Olimpiya o‘yinlari g‘olibi Hasanboy Do‘smatov bilan kichik suhbat uyushtirdi.
— Bahodir Jalolovdan sardorlik bog‘ichini qabul qildingiz. Bu Los-Anjeles-2028 ga ham tayyorlanishingizga ishorami?
— Oldinda hali 4 yil vaqt bor. Hozircha bir nima deyish qiyin. Lekin o‘zimda keyingi Olimpiadada ham qatnashib, uch karra chempion bo‘lish niyati bor.
— Los-Anjeles yozgi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi musobaqalar boshlanguncha professional boksda chempionlik kamari uchun tushishga ulgurasizmi?
— Albatta, bunday reja bor. Professional boksda ham chempionlik kamarini qo‘lga kiritishni niyat qilganman. Buning uchun imkoniyatim yetarli. Hozir men o‘z vaznimda WBA yo‘nalishida majburiy da’vogar bo‘lib turibman.