Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Harom luqma yuqmaydi: buxorolik qonunbuzar qo‘lga tushdi

Harom luqma yuqmaydi: buxorolik qonunbuzar qo‘lga tushdi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro viloyati Shofirkon tuman sudi o‘z binosida, ochiq sud majlisida, tuman sudining raisi J. Jumaniyozovning raisligida tekin boylik orttirishni ko‘zlab jinoyat sodir qilgan D. J. ga nisbatan sud hukmi o‘qildi.

Voqea quyidagicha sodir bo‘lgan. D. J. 2019 yil 25 iyun kuni taxminan soat 2100 larda Shofirkon tuman “Tinchlik” MFY, “Savrak” qishlog‘ida istiqomat qiluvchi fuqaro B. YU. ni uyining orqa tomonida joylashgan molxonasiga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, molxonada turgan fuqaro B. YU. ga tegishli bahosi 5 000 000 so‘m bo‘lgan bir bosh sigirini yashirin ravishda o‘g‘irlab olib, xodisa joyidan yashiringan.

 Bundan tashqari, D. J. o‘zining jinoiy harakatlarini davom ettirib, takroran, 2019 yil 25 iyun kuni taxminan soat 2300 larda Shofirkon tuman “Tinchlik” MFY, “Katta Savrak” qishlog‘ida istiqomat qiluvchi fuqaro I. T. ni uyining orqa tomonida bo‘lgan ekin yeri maydonida bog‘liq holda turgan fuqaro I. T. ga tegishli bahosi 4 500 000 so‘m bo‘lgan bir bosh sigirini yashirin ravishda o‘g‘irlab olib, xodisa joyidan yashiringan.

Dastlabki tergov organi tomonidan D. J. ning jinoiy harakatlari O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi         2-qismi “g” bandi va 169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan to‘g‘ri kvalifikasiya qilingan.

 Biroq,  O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 33-moddasida “Ushbu kodeks maxsus qismining turli moddalarida yoki bitta moddasining turli qismlarida nazarda tutilgan, javobgarlikka tortiladigan ikki yoki bir necha jinoiy qilmishni sodir etish, agarda ulardan birortasi uchun ham shaxs sudlangan bo‘lmasa, jinoyatlar majmui deb topilishi, agar shaxs sodir etgan qilmishida ushbu Kodeks Maxsus qismi aynan bir moddasining turli qismlarida nazarda tutilgan jinoyatlarning alomatlari mavjud bo‘lsa, u moddaning og‘irroq jazo belgilangan qismi bo‘yicha javobgarlikka tortilishi” ko‘rsatilganligini inobatga olib, D. J. ni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 169-moddasi 3-qismining “a” bandi bilan aybli deb topib, unga shu moddaga asosan Jinoyat kodeksining 57-moddasini qo‘llab, 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinladi.

 O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 62-moddasiga asosan D. J. ning 2019 yil 27 iyundan 2019 yil  8 oktyabrga qadar qamoqda saqlangan har bir kunini ozodlikni cheklash jazosining bir kuniga tenglashtirib hisoblab, o‘tash uchun 2 yil 8 oy 19 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirilsin.

 

J. Jumaniyozov,

jinoyat ishlari bo‘yicha

Shofirkon tuman sudi raisi

Kiritildi: 14:24 25.11.2019. O'qildi: 1814 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!