Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Harbiylar bir kunda 18 ta maktabda ijodiy uchrashuvlar tashkillashtirdi

Harbiylar bir kunda 18 ta maktabda ijodiy uchrashuvlar tashkillashtirdi

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi qator maktablarda O‘zbekiston Prezidenti tomonidan belgilab berilgan yoshlarda harbiy vatanparvarlik ruhini tarbiyalash borasidagi vazifalar ijrosi yuzasidan Mudofaa vazirligi harbiylari ijodiy uchrashuvlar o‘tkazildi.

Xususan, tumandagi 222- va 256-sonli umumta’lim maktablariga O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti talabalarining tashrifi amalga oshirildi. Mudofaa vazirligining mas’ul ofiserlari hamrohligidagi bu uchrashuvlar maktab jamoasi va o‘quvchilar uchun haqiqiy san’at kuniga aylandi. Boisi, institutning xalq baxshichiligi, an’anaviy xonandalik, kino va teatr yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar o‘z chiqishlari bilan san’atning naqadar ulug‘ligini, unga oshno tutingan kishi qalbi faqat ezgulikka to‘la bo‘lishini yana bir bor isbotlashdi.

— Biz shaharda tug‘ilib, shu yerda voyaga yetyapmiz, — deydi 222-maktabning 10-sinf o‘quvchisi Kamolaxon Azimova. — Shu paytgacha xalq amaliy cholg‘u asboblari haqida ko‘p narsa bilmasdik. Baxshichilik asosan, vohada rivojlangan. Televizorda ularni ko‘rganman; tog‘u adirlar qo‘ynida doston aytishadi. Shaharda, ko‘p qavatli binolar atrofida doston aytilayotganini esa ko‘rmaganman. Bugun o‘sha tasavvurimdagi an’ana «buzildi». Ilk bor doston aytayotgan baxshi, chanqovuz ovozini eshitdim. Juda xursandman! Tag‘in jonli! Bilasizmi, To‘maris momolarimiz ko‘z o‘ngimda gavdalandi.

Uchrashuvda xalq dostonlaridan termalar aytildi, chanqovuz sadosi butun maktabni tutdi. Estrada yo‘nalishidagi zamonaviy ashulalarning baxshichilar tilidan, ular ohangida jarang sochgani esa o‘quvchilar uchun yangilik bo‘lib, iliq kutib olindi.

Shu kuni bu kabi tadbirlar tumanning 18 ta umumta’lim maktabida o‘tkazilib, Mudofaa vazirligi sport klubi sportchilari va harbiy xizmatchilar tomonidan sport bo‘yicha ham o‘quvchilar o‘rtasida musobaqalar tashkillashtirildi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti

Kiritildi: 19:55 25.10.2019. O'qildi: 1904 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!