Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Harbiy suvosti kemalar qachon kashf qilingan?

Harbiy suvosti kemalar qachon kashf qilingan?

Harbiy suvosti kemalar tarixi XVII asrga borib taqaladi. Gollandiyalik fizik olim Kornelius van Drebbel 1620 yilda Londonda ilk suvosti kemasi loyihasini yaratgan. Yog‘ochdan tayyorlangan va qalin qatlamli yog‘ surtilgan teri bilan qoplangan kema o‘n ikki nafar eshkakchi tomonidan harakatga keltirilgan.
Harbiy harakatlarda foydalanilgan birinchi suvosti kemasi amerikalik Devid Bushnell tomonidan 1776 yilda loyihalashtirilgan va unga “Amerika toshbaqasi” deb nom berilgan. Mamlakat harbiylari bu kemadan Angliya flotiga qarshi olib borilgan janglarda foydalanishgan. 
Harbiy flot tarkibiga kiritilgan birinchi suv osti kemalari 1879 yilda Rossiya hukumati buyurtmasi bo‘yicha qurilgan. Asosan sohil zonalarini qo‘riqlash uchun mo‘ljallanganligi sababli ularni jangovar kema, deb atash juda qiyin.

Kiritildi: 11:35 31.05.2020. O'qildi: 6677 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!