Bugun 6 fevral, 2026 yil, juma

КИР

Harbiy mashg‘ulotda “Rossiya Qurolli kuchlari” ikki kun ichida NATO kuchlarini Litvada “mag‘lub etdi”

Harbiy mashg‘ulotda “Rossiya Qurolli kuchlari” ikki kun ichida NATO kuchlarini Litvada “mag‘lub etdi”

Bu haqda The Insider ma’lum qildi.

Die Welt va Gelmut Shmidt universiteti Harbiy o‘yinlar markazi birgalikda “Rossiyaning Litvaga bostirib kirishi”ni simulyasiya qiluvchi mashg‘ulotlar o‘tkazdi. Simulyasiya natijalari Yevropa davlatlarining bunday hujumga tayyor emasligini ko‘rsatdi. Harbiy o‘yindagi ssenariy bo‘yicha Rossiya atigi 15 ming harbiy bilan bir necha kun ichida Boltiq mintaqasida NATO kuchlari ustidan g‘alaba qozondi.

Mashg‘ulotlarda Germaniya va NATO'ning sobiq yuqori martabali rasmiylari, parlament a’zolari va xavfsizlik bo‘yicha ekspertlar ishtirok etdi. Ssenariyga ko‘ra, Rossiya Kaliningraddagi gumanitar inqiroz bahonasida Litvadagi Mariyampol shahrini “egalladi”. Shahar Rossiya va Belarus o‘rtasidagi muhim tugun hisoblanadi. Rossiya dronlari tezda asosiy yo‘llarni nazorat qilib, Litvada joylashgan nemis brigadasining harakatini to‘sdi.

Mashg‘ulotlarda Polsha xavfsizlik eksperti Bartlomey Kot, Polsha bosh vaziri rolini o‘ynadi. Uning xulosasiga ko‘ra, Rossiya eskalasiya boshlaganda, yevropaliklar darhol vaziyatni yumshatish yo‘llarini o‘ylay boshlaydi.

Litva mudofaa shtabi boshlig‘i, kontr-admiral Gedryus Premenetskasning ta’kidlashicha, Litva va uning ittifoqchilari oldindan zarur chora ko‘rganida, bunday ssenariyning oldini olish uchun yetarli razvedka ma’lumotlariga ega bo‘lishi mumkin.

Kiritildi: Bugun 13:27. O'qildi: 1011 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!