Internet tarmog‘ida tarqalgan suratda avtomobil yo‘lovchisi eshikka osilib, o‘z hayoti uchun xavf tug‘dirgani aks etgan. Toshkent shahar IIBB xodimlari qoidubarlik haqidagi xabarni e’tiborsiz qoldirishmadi.
Aniqlanishicha, holat 2021-yil 9-oktyabr kuni taxminan soat 14.00 da ro‘y bergan. “Matiz” rusumli avtomobilni (davlat raqami 01 Y 687 Ya) ishonchnoma asosida 1999-yilda tug‘ilgan Jasur X. boshqargan, suratdagi yo‘lovchi esa – 1995-yilda tug‘ilgan Umarjon E. bo‘lgan.
Yo‘lovchiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 138-moddasi 4-qismi (“Piyodalar va yo‘l harakati boshqa ishtirokchilarining yo‘l harakati qoidalarini buzishi”) bo‘yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Avtomobil haydovchisi ham jarimaga tortildi.