Bugun 20 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

"Har daqiqani sanamoqda": Melaniya Tramp ajrashmoqchi

A A A
"Har daqiqani sanamoqda": Melaniya Tramp ajrashmoqchi

Amerika ommaviy axborot vositalarida chiqqan Donald Trampning prezidentlik saylovlarida mag‘lubiyatga uchraganligi haqidagi xabarlardan so‘ng AQSh rahbarining bir necha sobiq yordamchilari mamlakatning birinchi xonimi ajrashish niyatida ekanligini e’lon qilishdi, deb xabar bermoqda “Daily Mail”.

Jumladan, Stefani Volkoffning ma’lum qilishicha, Donald va Melaniya o‘rtasidagi 15 yillik turmush shunchaki, nikoh shartnomasi bo‘lgan, chunki ular alohida xonalarda yashashgan.

"Melaniya Tramp ishdan ketguniga qadar har bir daqiqani sanamoqda va u ajrashishi mumkin", deydi Volkoff.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Melaniya bu qadamni ilgariroq qo‘ymoqchi bo‘lgan, ammo obro‘si pasayishi, buning natijasida esa siyosiy ochkolarini yo‘qotishi mumkin bo‘lgan Trampning qasosidan qo‘rqqan.

Melaniyaning o‘zi hech qachon matbuotda eri haqida yomon gapirmagan. Biroq, jurnalistlar Tramp Melaniya uni tanqid qila olmaydigan nikoh shartnomasi tuzganligini istisno qilishmayapti. Zero, Tramp bunday harakatni ilgariroq sobiq rafiqasi Marla Meyplzga nisbatan amalga oshirgan edi.

Kiritildi: 21:15 08.11.2020. O'qildi: 6919 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik