Fuqaro Q.Abdusattarovning ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videomurojaati Bosh prokuratura tomonidan ko‘rib chiqildi.
Unga ko‘ra, Q.Abdusattarov Jizzax viloyatidagi koronavirusga chalingan bemorlarni davolash markazida davolanayotganligi, koronavirusga chalinganlar uchun davlat tomonidan 32 mln. so‘m pullar ajratilayotgan bo‘lsa-da, bemorlar dorilarni shaxsiy mablag‘lari hisobidan sotib olayotganliklari, bemorlarga tushlik ovqati berilmayotgani, muassasadagi bo‘sh o‘rinlarga bemorlar sun’iy ravishda qabul qilinmayotganligi yoritilgan.
Mazkur murojaatda bayon qilingan holatlar yuzasidan Jizzax viloyat prokuraturasi tomonidan o‘rganish ishlari boshlandi.
Natijasi haqida qo‘shimcha ravishda xabar beriladi.