Bugun 27 iyul, 2026 yil, dushanba

КИР

«Haqiqat eshik qoqmoqda» — Tehron Vashingtonni ogohlantirdi

«Haqiqat eshik qoqmoqda» — Tehron Vashingtonni ogohlantirdi

Eronning AQSh bilan muzokaralar guruhi rahbari Muhammad Boqir G‘olibof bir tomonlama kelishuvlar davri yakunlanganini bildirdi.

Tehronning AQSh bilan muzokaralar guruhi rahbari Muhammad Boqir G‘olibof bir tomonlama kelishuvlar davri tugaganini ma’lum qildi. Bu bayonot Xormuz bo‘g‘ozidagi vaziyat sabab Eron va AQSh o‘rtasidagi taranglik keskin kuchaygan bir paytda yangradi.

«Bir tomonlama kelishuvlar davri TUGADI. Biz sizga aytgan edik: yo so‘zingizda turing, yoki qilmishingizga yarasha javob bering. Haqiqat eshik qoqmoqda», — deb yozdi G‘olibof ijtimoiy tarmoqdagi X sahifasida. U ayni paytda Eron parlamenti raisi lavozimida ham faoliyat yuritadi.

Siyosatchi o‘z postiga 18 iyun kuni imzolangan Islomobod anglashuv memorandumining beshinchi moddasi tasvirini ham ilova qildi. Ushbu band Xormuz bo‘g‘ozida kema qatnovini qayta tiklash shartlarini belgilaydi. E’lon qilingan hujjatda Eron tegishli choralar ko‘rishi haqidagi jumla ko‘k rang bilan ajratib ko‘rsatilgan.

G‘olibofning bayonoti Eron tomonidan raketa va uchuvchisiz uchish apparatlari yordamida Fors ko‘rfazidagi qator davlatlarda joylashgan AQSh harbiy bazalari va ob’ektlariga muvofiqlashtirilgan zarbalar berilganidan keyin yangradi. Bunga javoban AQSh janubiy Erondagi radarlar, raketa pozisiyalari va dronlarni uchirish maydonchalariga qarshi havo va dengiz orqali uchinchi to‘lqin hujumlarini amalga oshirdi.

Vashingtonning bu harakatlaridan avval Eron kuchlari Xormuz bo‘g‘ozidagi tijorat kemalariga o‘q uzgani haqida xabarlar tarqalgan, shundan so‘ng Tehron alohida ko‘rsatmaga qadar mazkur strategik suv yo‘li yopilganini e’lon qilgan.

AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) ma’lumotiga ko‘ra, savdo kemalaridan biriga qilingan hujum oqibatida ekipajning bir a’zosi bedarak yo‘qolgan.

Kiritildi: 21:55 12.07.2026. O'qildi: 6729 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!