Bugun 11 yanvar, 2026 yil, yakshanba

КИР

“Hamid Olimjon” metro bekatidagi eskalatorlar qachon ishlaydi?

“Hamid Olimjon” metro bekatidagi eskalatorlar qachon ishlaydi?

Toshkent metropolitenining “Hamid Olimjon” bekatida eskalatorlarni yangisiga almashtirish ishlari munosabati bilan bekatning eskalator yo‘lagi vaqtincha yopilgan edi.

🔺 Ma’lum qilamizki, hozirgi kunda mazkur eskalatorlarni o‘rnatish va sozlash bo‘yicha barcha texnik ishlar to‘liq yakunlangan. Ayni vaqtda eskalatorlar “Texnopark” MCHJ pudratchi tashkiloti tomonidan laboratoriya texnik sinovlaridan o‘tkazilmoqda.

🔸 Shundan so‘ng eskalatorlar 48 soat davomida yo‘lovchilarsiz sinov rejimida harakatlantiriladi. Sinov jarayonlari muvaffaqiyatli yakunlangach, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiasiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi tomonidan belgilangan tartibda ruxsat olinib, eskalatorlar ro‘yxatga qo‘yiladi hamda yo‘lovchilarni tashishga ruxsat etiladi.

⏰ Rejalarga ko‘ra, joriy yilning 19-yanvar sanasidan boshlab yangi eskalatorlar yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi. Shuningdek, mazkur vestibyuldan yo‘lovchilar to‘liq va bemalol foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

O‘rnatilgan yangi eskalatorlar zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, elektr energiyasini tejash imkoniyatiga ega. Sensor qurilmalar bilan jihozlangan ushbu eskalatorlar yo‘lovchilar yaqinlashganda avtomatik tarzda ishga tushadi, boshqa vaqtlarda esa energiyani tejash rejimida ishlaydi.

Kiritildi: 18:21 09.01.2026. O'qildi: 485 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!