Bugun 5 oktyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

"HAMAS tez harakat qilishi kerak, aks holda..."

"HAMAS tez harakat qilishi kerak, aks holda..."

HAMAS tez harakat qilishi kerak, aks holda hammasi yo‘q bo‘ladi, men kechikishga yo‘l qo‘ymayman, dedi Donald Tramp.

"Men Isroilning asirlarni ozod qilish va tinchlik kelishuvini imzolashga imkoniyat berish maqsadida bombardimonlarni vaqtincha to‘xtatish harakatini qadrlayman", — deb yozdi AQSh prezidenti Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, HAMAS isroillik barcha asirlarni ozod qilishga va Trampning sulh rejasi tafsilotlarini muhokama qilishga tayyorligini bildirdi.

Bu haqda Al Jazeera axborot agentligi harakatning bayonotiga tayanib xabar bergandi.

Kiritildi: 22:25 04.10.2025. O'qildi: 751 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!