Bugun 23 sentyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

HAMAS rahbari Yahyo Sinvar ham o‘ldirildimi?

HAMAS rahbari Yahyo Sinvar ham o‘ldirildimi?

Isroil HAMAS Siyosiy byurosi rahbari Yahyo Sinvarning G‘azo sektoriga qilingan hujum natijasida o‘ldirilganligi ehtimoli haqidagi ma’lumotlarni tekshirmoqda.

Bu haqda Isroilning Kan radiostansiyasi xabar bermoqda.

"Isroilda HAMAS Siyosiy byurosi rahbari Sinvarning o‘limi haqida hech qanday aniq ma’lumot yo‘q", — deya aniqlik kiritdi Axios muxbiri Barak Ravid Isroil rasmiylariga tayanib.

Isroil rasmiylaridan birining so‘zlariga ko‘ra, bunday taxminlar, Sinvarning so‘nggi haftalarda aloqaga chiqmaganligi va omma oldida ko‘rinish bermaganligiga asoslangan.

Kiritildi: Bugun 18:00. O'qildi: 975 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!