Bugun 1 mart, 2026 yil, yakshanba

КИР

Halok bo‘lgan Eron rasmiylari soni ortmoqda

Halok bo‘lgan Eron rasmiylari soni ortmoqda

Eron davlat televideniyesi Eronning yetti nafar yuqori martabali amaldori halok bo‘lganini ma’lum qildi.

* Muhammad Pakpur - Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi quruqlikdagi qo‘shinlari qo‘mondoni general-mayor

• Amir Ali Hojizoda — Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi havo-kosmik kuchlari qo‘mondoni;

• Ali Shamxoniy — Qurolli kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i, Xomanaiy maslahatchisi;

• Husayn Salami — xavfsizlik yo‘nalishidagi yuqori lavozimli amaldor;

• Hasan Jaloliy — havo mudofaasi kuchlari qo‘mondoni;

• Muhsin Faxrizoda — mudofaa innovasiyalari tashkiloti rahbari

• “al-Anbiya” shtabi razvedka boshqarmasi rahbari (ismi ochiqlanmagan).

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Isroil va AQSh hujumlari natijasida Eronda 201 kishi halok bo‘lgan, yana 747 kishi jarohatlangan.

Xabar berilishicha, Tehronga raketa hujumlari paytida Ali Xamonaiyning kuyovi, kelini, shuningdek, qizi va nabirasi halok bo‘lgan.

Ayni damda Eron hukumati chaqirig‘i bilan ko‘chalarga chiqqan minglab odamlar: “Isroil va Amerikaga o‘lim” deb hayqirishmoqda.

Kiritildi: Bugun 08:25. O'qildi: 1219 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!