Joriy yilda hajga boradigan tojikistonliklar ziyoratga jo‘nashdan oldin daktiloskopiyadan o‘tadi, deya xabar bermoqda “Avesta” nashri.
Avvalgi yillarda tojikistonlik ziyoratchilardan barmoq izi Saudiya Arabistoni aeroportida olingan edi. Bu yil esa Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirligi iltimosiga ko‘ra, ushbu jarayon Tojikistonning o‘zida amalga oshiriladi.
Tojikistonlik ziyoratchilarning ilk guruhi Saudiya Arabistoniga 6 avgust kuni jo‘nab ketadi. Joriy yilda 6 mingdan ortiq Tojikiston fuqarolari haj ibodatini amalga oshiradi.
Har bir ziyoratchi haj uchun 33 ming 410 somoniy (3 ming 643 AQSh dollari) to‘lagan.
Manba: azon.uz