Bugun 6 iyul, 2024 yil, shanba

КИР

Haj vaqtida qancha o‘zbekistonlik vafot etgani ochiqlandi

Haj vaqtida qancha o‘zbekistonlik vafot etgani ochiqlandi

Saudiya Arabistonida 2024 yilgi Haj mavsumida 10 ga yaqin O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi. Bu haqda Gazeta.uz xabar berdi.

Qayd etilishicha, ayni paytda ularning qanday sabab bilan hayotdan ko‘z yumgani aniq emas.

Bu yilgi Haj ziyorati 14 iyun kunidan boshlanib, 19 iyun oqshomida tugadi. Saudiya Arabistoni Statistika departamenti ma’lumotlariga ko‘ra, Hajda 1,8 million ziyoratchi ishtirok etgan. O‘zbekistondan jami 15 130 nafar ziyoratchi Haj qilish uchun Saudiyaga borgan.

Avvalroq Saudiya rasmiylari 2024 yilgi Haj mavsumida 1300 dan ortiq odam vafot etganini bildirgandi. Halok bo‘lganlar orasida bir necha keksalar va surunkali kasalliklarga chalinganlar bor.

Bundan tashqari, Makkada Haj kunlarida jazirama issiq kuzatildi. Shu tariqa, 17 iyun kuni shahardagi Masjidi A’zamda havo harorati Selsiy bo‘yicha 51,8 darajaga yetgan. Rasmiy hujjatlari bo‘lmagan ziyoratchilar Haj yo‘nalishi bo‘ylab kondisioner o‘rnatilgan inshootlarga kira olmagani aytilmoqda.

Kiritildi: 13:35 29.06.2024. O'qildi: 1454 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!