Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Hafta yangiligi: Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi tashabbusi bilan bozorchi ayollarga ma’naviyat o‘rgatiladigan bo‘ldi

Hafta yangiligi: Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi tashabbusi bilan bozorchi ayollarga ma’naviyat o‘rgatiladigan bo‘ldi

O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Elmira Bositxonova bozorchi ayollarda ma’naviyat va ma’rifat borligiga shubha bildirdi, deb yozmoqda minbar.uz.

“Mamlakatni bilaman desang, bozor bilan mozoriga bor degan gap bor. Haqiqiy bozorchi ayollarda na ma’naviyat, na ma’rifat bor. Ammo shu so‘zga mos bo‘lmasligi uchun xotin-qizlar qo‘mitasi nima qildi?”, – degan Elmira Bositxonova.

Bu gaplarni O‘zbekiston ayollarining rahbari 11 iyulda “Oiladagi zo‘ravonlik masalalari, turli vaziyatlar tahlili va bu borada olib borilayotgan chora-tadbirlar” mavzusidagi brifingda aytgan.

Samarqand viloyati xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Gavhar Alimovaning aytishicha, Siyob bozoridagi ayollar o‘zini tutishni bilmaydi, bu ayollar Gavhar Alimovani xorijlik mehmonlar oldida uyaltirganmish.

Elmira Bositxonovaning aytishicha,

  • endilikda bozorlarda qo‘mitaning boshlang‘ich tashkiloti tuziladi. Bozorda ishlaydigan ayollar ma’rifatsiz “bozorchi ayol” nomiga munosib bo‘lmasliklari uchun boshlang‘ich tashkilot xonasida ular bilan ma’rifiy suhbatlar o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan;
  • bozorlarda radiouzel orqali Zulfiyaxonimning “Xotiram siniqlari”ga o‘xshash asarlar har kuni besh-olti martadan o‘qib eshittirilishi, muomala madaniyati mavzusida eshittirishlar tayyorlanishi ham ko‘zda tutilgan.

OAV xabarlariga ko‘ra, brifingda bozorchi ayollarni munosib ish o‘rinlari bilan ta’minlash masalasi ko‘tarilmagan, ishtirokchilar sovetcha targ‘ibot metodlari muhokamasi bilan kifoyalangan.

1958 yilda tug‘ilgan Elmira Bositxonova 2011 – 2016-yillarda Xotin-qizlar qo‘mitasiga rais bo‘lgan. Uch yil Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagan Bositxonova iyun oyida yana Xotin-qizlar qo‘mitasi raisligiga qaytgan.

Bositxonova 2015 yilda qo‘shiqchilar kiyimlarining yupqaligini, ularning “o‘zbekona axloqqa to‘g‘ri kelmaydigan harakatlari”ni muhokama qilishni boshlab bergan edi.

Bositxonova nazarida “yarim yalang‘och” kiyinib, sahnaga chiqdi deb topilgan xonanda Lola lisenziyasidan ayrilgan edi.

Kiritildi: 13:43 12.07.2019. O'qildi: 1757 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!