Dushanba kunduzi O‘zbekiston hududi bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Buxoro viloyatida ayrim joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, deya xabar bermoqda O‘zgidromet.
Seshanba kuni Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysida ayrim joylarda, shuningdek, kechasi va ertalab Qashqadaryo, Samarqand viloyatlarida ayrim joylarda momaqaldiroq bilan biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Chorshanba-payshanba iyun kunlari respublika hududining katta qismida asosan kam bulutli ob-havo kuzatiladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Shamol 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, vaqti-vaqti bilan 13–18 metr/soniyagacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Cho‘l hududlarda 8 iyunda ba’zida 20–22 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Havo harorati asosan +32…+37 daraja, janubda +39 darajagacha bo‘ladi.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda 8–12 iyun kunlari ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Sel suv-toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Toshkent shahrida dushanba kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat +35…+37 daraja bo‘ladi.
9 iyunda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 10–12 iyun kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat asosan kechalari +21…+23 daraja, kunduz kunlari +33…+35 daraja bo‘ladi.
Shamol 3–8 metr/soniya tezlikda esadi, vaqti-vaqti bilan 10–12 metr/soniyagacha kuchayadi, shaharning ayrim joylarida chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.