Ikki yengilmas sportchi Floyd Meyvezer va Habib Nurmuhamedovning jangi bo‘lishi haqidagi gap-so‘zlar davom etyapti.
Nurmuhamedovning menejeri Ali Abdul-Aziz UFC chempionining boks chempionini nokautga uchratishiga ishonyapti.
“Ha, boks va UFC har xil sport turlari. Lekin Habib Makgregorni nokautga uchratdi. Meyvezer esa yo‘q. Hamma gap zarbada.
O‘ylashimcha, Habib Floydni ham nokaut bilan yengadi”, degan Ali Abdul-Aziz.
Mutlaq jangchilik chempionati (UFC) prezidenti Dana Uayt esa yaqin kelajakda Floyd Meyvezer va Habib Nurmuhamedovning jangi bo‘lishi haqiqatga yaqin emasligini aytib o‘tdi.
“Floyd va Habibning murojaatlariga e’tibor bermang. Jang yaqin orada bo‘lmaydi. Floyd tomonidan bizga hech kim murojaat qilmadi. Nurmuhamedovning esa UFC bilan amaldagi shartnomasi bor”, deb vaziyatni izohladi UFC rahbari.
Avvalroq, rossiyalik jangchi Xabib Nurmuhamedov amerikalik bokschi Floyd Meyvezerga qarshi ringga chiqish niyatida
ekanligi hamda Meyvezer kelasi yilda bu jang o‘tkazilishini aytgani haqida
xabar bergan edik.
Manba: qalampir. com