Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Habib Nurmagomedov Olga Buzovani ortda qoldirdi

Habib Nurmagomedov Olga Buzovani ortda qoldirdi

Rossiyalik jangchi Habib Nurmagomedov instagramdagi obunachilar soni bo‘yicha qo‘shiqchi va teleboshlovchi Olga Buzovani ortda qoldirdi.

Ayni paytda ijtimoiy tarmoqda 24,4 millionga yaqin odam Habibni kuzatib boradi. Buzovaga 22,1 million foydalanuvchi obuna bo‘lgan.

O‘tgan hafta qo‘shiqchi Rossiya Rekordlar kitobiga instagramda eng ko‘p muxlisii bo‘lgan eng nufuzli qiz, shuningdek, Rossiya va MDHda eng ko‘p muxlisi bo‘lgan bloger sifatida kirganligini ta’kidlagandi.

Habib yakshanba kuni amerikalik Gastin Getjini mag‘lubiyatga uchratib, yengil vazn toifasida UFC chempionlik kamarini himoya qilganidan keyin uning akkauntiga qiziqish ortdi. Sportchi shu jangdan so‘ng iste’foga chiqishini e’lon qildi.

Kiritildi: 15:37 26.10.2020. O'qildi: 3723 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!