«Manchester Siti» rahbariyati jamoaning so‘nggi paytlarda qayd etayotgan halokatli natijalaridan jiddiy xavotirda. «Daily Star» jurnalistlarining yozishicha, «shaharliklar» yanvardagi transfer oynasida o‘z tarkibini kuchaytirish niyatida.
Jamoa bosh murabbiyi Pep Gvardiola yangi futbolchilar uchun taxminan 240 million yevro oladi. «Manchester Siti»ning transfer maqsadlari orasida quyidagi futbolchilar nomi bor: Viktor Dyokeresh, Bruno Gimaraes va Martin Subimendi.
O‘zining so‘nggi o‘yinida «Manchester Siti» mehmonda «Liverpul»dan mag‘lub bo‘ldi. Premyer-liganing 13-turidan so‘ng Gvardiola shogirdlari 23 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.