Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

G‘uzorda 15 yashar qiz bilan jinsiy aloqa qilgan shaxs voqeasiga tuman sudi munosabat bildirdi

G‘uzorda 15 yashar qiz bilan jinsiy aloqa qilgan shaxs voqeasiga tuman sudi munosabat bildirdi

Xalqimizda “O‘ynab gapirsang ham o‘ylab gapir” degan purma’no naql bor. Ushbu ibratli fikrga doimo quloq tutishimiz kerak. Shov-shuv orqali shuhrat topishni istagan ayrim soha xodimlari yuqoridagi naqlga amal etishganida edi, bilib-bilmay qonunlarimizni buzishmagan bo‘lardi. Qolaversa oynaning ikkinchi tarafi bor ekanligini aslo unutmaslik kerak.

Ushbu maqolani yozishimizga yaqinda internet saytlarida berilgan bir xabar sabab bo‘ldi.

“G‘uzorda 15 yashar qiz bilan jinsiy aloqa qilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi” ”G‘uzorda 15 yashar qiz zo‘rlandi“ sarlavhali ostidagi xabar. Unda Qashqadaryo viloyat ichki ishlar boshqarmasining axborot xizmati xabar berishicha, 15 yashar qiz bilan jinsiy aloqa qilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganligi ma’lum qilingan.

Ushbu xabarda hodisa sodir bo‘lgan joy, gumon qilingan va jabrlangan shaxs, yaqin qarindoshining shaxsiga doir ma’lumotlar, hodisa qayerda va qay tarzda sodir bo‘lganligi, uning oqibatlari batafsil bayon etilgan. Amaldagi qonunlarga ko‘ra, bunday ma’lumotlar jinoyat prosessi ishtirokchilarining roziligi bilan yoki shaxsini ko‘rsatmagan tarzda rasmiy veb-saytlarda e’lon qilinishi mumkin. Bundan yopiq sud majlislarida ko‘rilgan ishlar bo‘yicha sud qarorlari mustasno. Basharti, jinoiy hodisa yuz bergan bo‘lsa, albatta bu sudda ko‘rib chiqiladi va yakunda adolat qaror topadi. Lekin gap bunda emas.

Bizning nazarimizda Qashqadaryo viloyat IIB axborot xizmati fuqaroning shaxsiy hayotiga taalluqli ma’lumotlarni tarqalib ketishiga olib keladigan ma’lumotni ommaviy axborot vositalariga taqdim etib, tarqatib, voyaga yetmagan jabrlanuvchining shaxsiy hayoti daxlsizligiga oid ma’lumotlarni oshkor etilishiga sharoit yaratib bermadimi-kin?
Shaxsga doir bunday ma’lumotlar ochiq, oshkora ravishda ommaviy axborot vositalarida tarqatilsa, shu toifadagi jinoyat ishlarini yopiq sud majlislarida ko‘rilishidan nima ma’no bor?!

O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 27-moddasida, “Har kim shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish huquqiga ega” deb belgilangan.

Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi uning jinoyat sodir etishda aybdorligi qonunda nazarda tutilgan tartibda isbotlangunga va qonuniy kuchga kirgan sud hukmi bilan aniqlangunga qadar aybsiz hisoblanadi (Aybsizlik prezumpsiyasi, JPKning 23-moddasi).

Yuqoridagi xabarda 15 yashar qizning shaxsiy hayoti daxlsizligi qayerda qoldi? Ertaga ushbu xabar oqibatida biror bir noxush holat kelib chiqmasligiga kim kafolat beradi?!

Sudlar tomonidan bunday toifadagi ishlar bo‘yicha yopiq sud majlisi o‘tkazilishi zarurligi yuzasidan tegishli choralar ko‘rilayotgan bir paytda, dastlabki tergov organi Qashqadaryo viloyat ichki ishlar boshqarmasi shaxsning daxlsizlikka bo‘lgan huquqi himoyasini kafolatlash va buni oshkor etmaslik o‘rniga, mazkur jinoyat tafsilotlari haqida batafsil ma’lumotlarni omma e’tiboriga jalb qilganini qanday tushunsa bo‘ladi.

Umid qilamizki, O‘zbekiston Respublikasida qonunlarning aniq va bir xilda ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishga mas’ul bo‘lgan davlat organi ushbu holatga e’tibor qaratadi.

N. ABDULLAYEV, Jinoyat ishlari bo‘yicha G‘uzor tuman sudining raisi.

N.XO‘JAQULOV, G‘uzor tumanlararo iqtisodiy sudining v.v.b raisi

Kiritildi: 20:50 04.06.2020. O'qildi: 8217 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!