Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

"Go‘zal ayol" nomi uchun talablar ro‘yxatini tuzgan erkak naq baloga qoldi

"Go‘zal ayol" nomi uchun talablar ro‘yxatini tuzgan erkak naq baloga qoldi

Professional murabbiy hamda bloger Aleksandr Kortes o‘zining tvitterdagi sahifasida ayollarda bo‘lishi lozim bo‘lgan sifatlar to‘g‘risida butun boshli ro‘yxatni e’lon qildi. Tarmoq foydalanuvchilari uning talablarini o‘qib naq dahshatga tushishdi.

Kortesning fikricha, go‘zal ayol kelishgan qomat va uzun sochlarga ega bo‘lishi, ta’sirchan bo‘lishi, ko‘rkam va nazokatli bo‘lishi, doimo pardoz qilib, so‘nggi urfda kiyinishi, shuningdek, o‘z juftini sevishi hamda doimo unga quloq solishi kerak. Shuningdek, ro‘yxatda go‘zallik sifatlari qatoridan silliq teri sohibasi bo‘lish va pazandalik kabilar ham o‘rin olgan.

Kortes erkaklarga ushbu e’lon qilgan ro‘yxatidan foydalanib ayollarini tekshirib ko‘rish ni maslahat bergan.

Ushbu post darhol ko‘pchilikning e’tiroziga sabab bo‘ldi. Ayrimlar buni shunchaki hazil deb qabul qilishgan bo‘lsa, ko‘pchilik Kortesning fikriga qo‘shilmasligini bildirdi. Ayollar o‘z navbatida ro‘yxatdagi sifatlarni talab qiladigan erkak bilan hayotlarini bog‘lashni istamasliklarini qat’iy e’lon qilishdi. Ayollar ichida ushbu postni o‘zlarining huquqlarini kamsitish deb baholaganlar ham topildi.

Erkaklar esa Kortes bilan bahsga kirishib ketishdi. Jin ursin, men esa rafiqamda ushbu sifatlarni birortasi bo‘lmasayam, uni ajoyib ayol deb hisoblayman , deb yozdi tarmoq foydalanuvchisi Efran Manzz. U yana rafiqasi nafaqat uning uchun yagona ayol, balki yaxshi do‘st ekanini ta’kidladi.

lenta.ru

Kiritildi: 20:25 28.02.2019. O'qildi: 2637 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!