Ijro harakatlari natijasida 2 nafar bola onasiga topshirilgan.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shovot tumanlararo sudining 27.11.2025 yildagi ijro varaqasiga asosan voyaga yetmagan ikki nafar farzandlarini javobgar B.S.dan da’vogar YU.S.ning tarbiyasiga olib berish belgilangan.
Ushbu ijro hujjati Byuroning Gurlan tumani bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va ijro harakatlariga kirishilgan.
Xususan, ijro hujjati ijrosini ta’minlash maqsadida bo‘lim xodimlari tomonidan javobgar va da’vogar joriy yilning 15 yanvar kuni Byuroga chaqirtirilib, javobgarga sud qarori ijrosi ta’minlanishi lozimligi, uning ijrosini ta’minlamaslik oqibatlari haqida batafsil tushuntirishlar berilgan.
Shuning natijasida, javobgar sud qarorida ko‘rsatilgan ikki nafar farzandini ixtiyoriy ravishda onasi bag‘riga qaytarib, sud qarori ijrosini ta’minlagan.