Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Gulnora Karimovaning uyidan qanday qimmatbaho buyumlar topilgan?

Gulnora Karimovaning uyidan qanday qimmatbaho buyumlar topilgan?

Gulnora Karimovaning Jenevadagi uyida o‘tkazilgan tintuvlar vaqtida qiymati 38 million Shveysariya frankiga teng soatlar va zargarlik buyumlari topilgan. Bu haqda Shvesariyaning Tages-Anzeiger nashri xabar qildi.

2008 yilda Gulnora Karimova BMT va Jeneva shahrida boshqa xalqaro tashkilotlarda doimiy vakili lavozimiga tayinlangandi.

Biroq 2013 yilda diplomatik daxlsizligidan mahrum etildi. Mamlakat prokuraturasi tomonidan jinoiy ishlar qo‘zg‘atilib, uning hisobida bo‘lgan 800 million frank mablag‘ni muzlatib qo‘yilgandi.

2015 yil avgust oyida O‘zbekistonda Karimova ayblanayotgan jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan va unga 5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.

Oktyabr oyi boshida Gulnora Karimovaga noqonuniy aktivlarini musodara qilishi istagi haqida Buyuk Britaniya hukumati ma’lum qilgandi.

Kiritildi: 17:54 12.10.2018. O'qildi: 2298 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!