Bugun 22 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Gulnora Karimova oqlanishi bo‘yicha rasmiy murojaat bormi?

Gulnora Karimova oqlanishi bo‘yicha rasmiy murojaat bormi?

25 iyun kuni Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida «Sud-huquq sohasidagi islohotlar» mavzusidagi matbuot anjumanida Oliy sud vakillaridan Gulnora Karimova ishini qayta ko‘rib chiqish va uni oqlash bo‘yicha qandaydir murojaat kelib tushgan-tushmagani haqida so‘raldi.

«Gulnora Karimova ishi bo‘yicha Oliy Sudga yaqin vaqt ichida biror murojaat kelib tushmagan. Uning va oila a’zolarining turli manbalar orqali qilayotgan bayonotlari Gulnora Karimovaning shaxsiy tashabbuslaridir. Bu borada biror rasmiy hujjat ko‘rib chiqilayotgani yo‘q», — deya Oliy sud Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi o‘rinbosari Ikrom Muslimovning so‘zlarini keltiradi «Kun.uz».

Kiritildi: 18:47 25.06.2019. O'qildi: 2162 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!