Gulnora Karimovaning shveysariyalik advokati Greguar Manja (Gr goire Mangeat) Toshkent viloyatidagi Zangiota ayollar koloniyasida u bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasidan Gazeta.uz ga xabar qilindi.
Advokat tvitterda 1 va 2 aprel kunlari mijozi bilan uchrashishga harakat qilayotgani haqida yozdi.
#Karimova Just arrived at Zangiota women s prison colony Nr. 21. Trying to obtain acceptable conditions for our client s meeting.
Gr goire Mangeat (@GregoireMangeat) 1 aprelya 2019 g.
#Karimova Zangiota women s prison colony Nr. 21. Second day. pic.twitter.com/BpluMNGyDO
Gr goire Mangeat (@GregoireMangeat) 2 aprelya 2019 g.
Bosh prokuraturadan ma’lum qilinishicha, uchrashuv 1 va 2 aprel kunlari bo‘lib o‘tgan, uning samarali tashkil etilishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan.
Gulnora Karimovaning advokat bilan uchrashuvi jinoyat-ijro qonunchiligida belgilangan me’yorlar doirasida bo‘lib o‘tdi. Ya’ni, hech qanday imtiyozli shartlarsiz , deya ta’kidladi nazorat mahkamasi vakili.