Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Gulchehra Eshonqulova: "Karantin tugashi bilan men rol ijro etgan yangi film premyerasi bo‘ladi!" 

Gulchehra Eshonqulova: "Karantin tugashi bilan men rol ijro etgan yangi film premyerasi bo‘ladi!" 

Ayni paytda AQShda yashayotgan taniqli aktrisa Gulchehra Eshonqulova turmush o‘rtog‘i Sharof Sharapovning «Instagram» sahifasidan muxlislariga murojaat yo‘lladi.

"Assalomu alaĭkum, qadrli muxlislar! Yana bir bor vatandoshlarimizni ro‘zai Ramazon oĭi bilan tabriklaĭmiz! Hamma qilgan duolarimizni, tutgan ro‘zalarimizni Alloh dargohida qabul qilsin, ilohim!

Biz deb YËzishimning sababi, "Instagram" sahifamdan ketganim ĭo‘q, aksincha, turmush o‘rtog‘im bilan birgalikda bu sahifani boshqarishga kelishdik. Muxlislarimiz uchun yangiliklar, jonli intervyular, ochiq suhbatlar va shu bilan birga, Amerikadagi yashash tarzimizni foto va videolavhalar orqali havola etib bormoqchimiz.

Shu o‘rinda muxlislarimga yaxshi yangiligim bor. Xudo xohlasa, karantin tugashi bilan 4 yil mobaynida suratga olingan, men rol ijro etgan yangi film premyerasi bo‘lib o‘tadi. Albatta, O‘zbekistonda! Qanday film, rejissyori kim, qaysi asar deysizmi? Barcha savollaringizga yaqin orada javob olasiz!

Afsuski, butun insoniyat hozir og‘ir kunlarni boshidan kechiryapti. Ilohim, koronavirus balosi tezroq daf bo‘lsin! Barcha muxlislarimizga, musofir yurtlardagi vatandoshlarimizga sabr-toqat, sog‘liq-omonlik tilaymiz. Tezroq yaqinlarimiz diĭdoriga to‘ĭishni Alloh bizga nasib aĭlasin!" deb yozadi Gulchehra Eshonqulova.

Kiritildi: 12:55 07.05.2020. O'qildi: 8168 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!